Jizzax viloyati FVB Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi katta ofitseri podpolkovnik Marat Atabekov tomonidan Arnasoy tumani FVB shaxsiy tarkibi bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
2026-10-22 15:35:00 / Yangiliklar
Shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish va qonuniylikni ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Jizzax viloyati FVB Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi katta ofitseri podpolkovnik Marat Atabekov tomonidan Arnasoy tumani FVB shaxsiy tarkibi bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylikni mustahkamlashga qaratildi.
Xizmat intizomi va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish, radikalizm, korrupsiya, ta’magirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan onlayn qimor o‘yinlariga aralashmaslik kabi turli huquqbuzarliklarning oldini olish va kasbiy etikaga amal qilish yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.



