Jizzax shahrida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-10-22 14:45:00 / Yangiliklar
Jizzax shahrida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Jizzax viloyati FVB hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi komissiya tomonidan Jizzax shahar FVDqT hududiy quyi tizimining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorgarlik holatini kompleks tekshirish va uslubiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar hokimi hamda viloyat FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirok etib, mas’ul tashkilotlarga tekshiruvga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.




