“AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” DOIRASIDA O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
2026-10-21 16:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 19–26-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida “O‘zbektelekom” tashkilotida nazariy va amaliy o‘quv mashqi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda xodimlarning to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, xavfsizlik qoidalarini mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishdan iborat.
O‘quv mashqi davomida zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va favqulodda vaziyatlarda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Zilzilaga tayyorgarlik — hayot xavfsizligini ta’minlashning muhim omili!




