21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
2026-10-21 16:30:00 / Yangiliklar
Paxtakor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi jamoasi barchani o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Paxtakor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida xodimlarning davlat tilida ish yuritish, imlo qoidalariga rioya etish hamda yozma savodxonligini oshirish maqsadida diktant tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarning savodxonligi va o‘zbek adabiy tili me’yorlariga amal qilish darajasi sinovdan o‘tkazildi.
📌 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va birdamligimiz timsoli. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.





