Jizzax shahar FVBda harbiy xizmatchilar ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-profilaktika tadbiri tashkil etildi.
2026-10-21 12:30:00 / Yangiliklar
Tadbirda viloyat FVB Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi katta ofitseri, podpolkovnik M. Atabekov tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, onlayn qimor o‘yinlari, giyohvandlik vositalari hamda diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash va turli salbiy ta’sirlardan ogoh bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan shaxsiy tarkibni bayram bilan tabriklash barobarida, ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifodalovchi bebaho qadriyat sifatidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.




