Jizzax viloyati FVB va uning Mirzacho’l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan oziq-ovqat va buyum bozorlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar olib borildi
2026-09-18 17:55:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati bo‘ylab yirik bozorlar va savdo majmualarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish hamda bozorlar ma’muriyatining yong‘ in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda

Jizzax viloyati FVB va uning Mirzacho’l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan oziq-ovqat va buyum bozorlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bozorlardagi yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud muammoli masalalarni o‘rganib chiqilib, ulardagi savdo do‘konlari fasad qismlarining tez yonuvchi materiallarini (alyukobond, plastik qoplamalar, leksan, soyabonlar, setkalar) qiyin yonuvchi va yonmaydigan materiallarga almashtirish hamda boshqa xavfsizlik talablari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.





