Jizzax viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Avazbek Ibragimov tomonidan Mirzacho'l tumani FVB shaxsiy tarkibi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
2026-09-18 16:25:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Avazbek Ibragimov tomonidan Mirzacho'l tumani FVB shaxsiy tarkibi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Master-klass davomida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mazmunli va ta’sirchan tashkil etish, shaxsiy tarkibning dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, kasbga fidoyilik, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish hamda xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish hamda xodimlarning tibbiy madaniyatini oshirish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.








