G‘allaorol tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha navbatdagi master-klass darsi o‘tkazildi.
2026-09-15 14:30:00 / Yangiliklar

izzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Avazbek Ibragimov tomonidan G‘allaorol tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha navbatdagi master-klass darsi o‘tkazildi.
Unda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mazmunan boy, ta’sirchan va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, shaxsiy tarkibning dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, kasbga fidoyilik va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirning mantiqiy davomi sifatida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga qiziqishni oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida G‘allaorol tumani markaziy kutubxonasiga tashrif buyurildi. Ushbu jarayonda kutubxona fondidagi badiiy adabiyotlar bilan tanishilib, kitob mutolaasining inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.









