«MUSTAQILLIK TO‘YI» — YUKSAK KAYFIYAT VA EZGU NIYATLAR BAYRAMI!
2026-09-07 18:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda boshqarma shaxsiy tarkibi, tizim faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ sanasini ko‘tarinki kayfiyat va yuksak ruhda nishonladilar.
Bayram dasturi doirasida ishtirokchilar uchun dasturxon yozilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xususida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida Vatan ravnaqi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlarining mas’uliyatli va sharafli kasbiy faoliyati alohida e’tirof etildi.
Samimiy muloqotlar, ezgu tilaklar, dildan aytilgan tabriklar va ko‘tarinki kayfiyatga boy kechgan bayram tadbiri ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.









