Zarbdor tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-09-04 18:10:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tashkil etilib, uning asosiy maqsadi — korxona hududida, xususan, paxta g‘aramlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday holatlarda tezkor va hamjihatlikda harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
O‘quv mashqi davomida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan taqdirda hamkor tashkilotlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, korxona ishchi-xizmatchilarining noqulay ob-havo sharoitlarida hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda bajarishi lozim bo‘lgan birlamchi harakatlari, xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va yong‘inning oldini olish choralariga rioya etishi ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida o‘quv mashqi davomida aniqlangan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, mas’ul xodimlarga tegishli yo‘riqnoma va amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday o‘quv mashqlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning hayoti va mol-mulkini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.








