Qurilish obyektlarida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
2026-09-03 17:00:00 / Yangiliklar
Sentyabr oyida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik umummilliy kampaniyasi oyligi” doirasida Jizzax viloyati FVB Shaharsozlik sohasida profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida mas’ul xodimlar va ishchi-xizmatchilarga amaldagi SHNQ hamda yong‘in xavfsizligi talablari, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, evakuatsiya yo‘llarini ochiq saqlash va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


