Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-03 16:00:00 / Yangiliklar
Do‘stlik tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik B. Jo‘rayev tomonidan "Payshanba - yoshlar kuni" munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda kelajakdagi maqsadlari sari intilishlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida yoshlarning savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berilib, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi muhimligi ta’kidlandi.
Yoshlar — yurt kelajagi. Ularning ezgu tashabbuslari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash barchamizning ustuvor vazifamizdir. 🇺🇿






