Giyohvandlikning salbiy oqibatlari bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-09-03 14:55:00 / Yangiliklar
Do‘stlik tumani FVB shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikas kuni” doirasida “Narkotik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish hamda giyohvandlikning ijtimoiy jihatdan salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman prokuraturasi katta yordamchisi A. Musayev hamda tuman IIB SHXX YHXG inspektori, katta serjant D. Qarshiboyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida narkotik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, oilaviy muhit hamda jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, shuningdek, giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibga giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.






