“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
2026-08-24 17:55:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlash, xalqimiz o‘rtasida milliy g‘urur, vatanparvarlik va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tasdiqlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida Paxtakor tuman Madaniyat bo‘limi hamda Paxtakor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va Vatanga daxldorlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning xalqimiz hayotidagi ahamiyati hamda yurtimizning farovon va porloq kelajagini barpo etishda har bir fuqaroning munosib hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.





