Mustaqillik bayrami arafasida yong‘in xavfsizligi ta’minlanmoqda
2026-08-24 17:50:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligi bayramini yuqori saviyada, osoyishta va xavfsiz o‘tkazish maqsadida Do‘stlik tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi va mavjudligi, elektr jihozlaridan foydalanish holati hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganilmoqda.
Shuningdek, shoxobcha ishchi-xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.






