Jizzax shahar FVB xodimlari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan obyektlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
2026-08-24 17:45:00 / Yangiliklar
“Eski shahar buyum savdo kompleksi” hamda “Eski shahar dehqon bozori”da Jizzax shahar FVB xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida evakuatsiya yo‘laklarini ochiq saqlash, savdo do‘konlarni o‘t o‘chirgichlar bilan ta’minlash va ularning sozligini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bozorlar hududiga tutash ovqatlanish shoxobchalarida elektr uskunalarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etilib, bozor mas’ullari va tadbirkorlarga tegishli yo‘riqnomalar berildi.






