Jizzax viloyati FVB Shaharsozlik sohasida profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax shahri hududidagi qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
2026-07-28 15:15:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati FVB Shaharsozlik sohasida profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax shahri hududidagi qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirlar davomida qurilish tashkilotlarining mas'ul xodimlari hamda ishchi-xizmatchilariga amaldagi SHNQ va yong‘in xavfsizligi talablari, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, evakuatsiya yo‘llarini ochiq saqlash, qurilish maydonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, obyektlarda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



