Ishchi-xodimlari uchun “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi” yo‘nalishida 24 soatlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
2026-07-28 14:05:00 / Yangiliklar
“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi” yo‘nalishida 24 soatlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda

Jizzax viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘qitish markazi o‘qituvchilari tomonidan korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan xizmat ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq, ishchi-xodimlari uchun “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi” yo‘nalishida 24 soatlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor va samarali choralar ko‘rish yuzasidan zarur nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar bosqichma-bosqich yetkazilmoqda.




