Do‘stlik tumani FVBda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
2026-07-27 17:55:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida faxriylar bo‘limda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan xizmat sharoitlar, mavjud moddiy-texnik baza hamda qutqaruvchilarning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Samimiy muloqot jarayonida ular o‘zlarining ko‘p yillik xizmat tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh qutqaruvchilarga kasbga sadoqat, xizmat intizomi va yuksak mas’uliyat bilan faoliyat olib borish borasida tavsiyalar berdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida nafaqadagi xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi hamda ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tizimda ustoz va faxriylarni qadrlash, ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasidan samarali foydalanishga qaratilgan ezgu an’analarning amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.









