Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida nazorat-profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-07-27 17:50:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati FVB Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashabbusi bilan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi" Forish tumani hududida baliqchilar ishtirokida nazorat-profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida baliqchilarga kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish qoidalari, qutqaruv nimchasidan majburiy foydalanish, kemalarda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining mavjud bo‘lishi, kemalarni faqat tegishli haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar boshqarishi lozimligi hamda mast holatda kema boshqarish qat’iyan taqiqlanishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xavfsizlik qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida javobgarlik choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirilib, suv havzalarida xavfsizlikka qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.




