Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (Biznes ombudsman devoni mas'ul hodimlari) va Boshqarma rahba
2026-11-14 11:05:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimi mas’ul xodimlari, tegishli soha vakillari va nazorat qiluvchi idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Seminar davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonuniylik, adolat va huquqiy tartibni ta’minlash masalalari, tekshiruvlar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibi, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, profilaktika va tushuntirish ishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olish usullari batafsil muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga mavzu yuzasidan amaliy tavsiyalar va metodik materiallar taqdim etildi. Shuningdek, o‘zaro fikr almashish va savol-javoblar asosida seminar samarali tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar soha xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.




