ANDIJON VILOYATI FVBDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-11-13 15:30:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulot davomida “Tibbiy madaniyat. Zararli odatlarga qarshi kurash” mavzusida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi Andijon shahar bo‘limi mudiri H. Mamatxanov tomonidan ma’ruza qilindi.
Ma’ruzada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli odatlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri hamda ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida “To‘maris izdoshlari” o‘rtoqlik uchrashuvida Vazirlik terma jamoasi safida munosib ishtirok etgan harbiy xizmatchi ayollar tantanali ravishda taqdirlandi.
Bunday mashg‘ulotlar shaxsiy tarkibning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va o‘zaro birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.








