PAYSНANBА — YOSHLAR BILAN ISHLASH KUNI: RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-11-12 20:15:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Xususan, payshanba — yoshlar bilan ishlash kuni munosabati bilan Andijon viloyati FVB boshlig‘i polkovnik J.Karimov boshchiligida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari, “Jasorat maktabi” tarbiyalanuvchilari hamda boshqarma tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kelajakda munosib kasb egasi bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.







