MA’NAVIY-MA’RIFIY TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-10-23 18:25:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda kasbiy faoliyatga daxldorligini mustahkamlash maqsadida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot “Favqulodda vaziyatlar vazirligida amalga oshirilgan islohotlar va rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilishi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, sohada erishilayotgan yutuqlar hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bunday mashg‘ulotlar xodimlarning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, xizmat burchiga sadoqatini oshirish va kasbiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.








