ANDIJON VILOYATIDA BOLAJONLAR UCHUN YONG‘IN XAVFSIZLIGI TADBIRI TASHKIL ETILDI
2026-10-20 23:55:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali bolajonlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, turli xavf-xatarlardan ehtiyot bo‘lish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishning ahamiyati yetkazildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga yong‘in-qutqaruv avtomobillari, ularning maxsus jihozlari va asbob-anjomlari yaqindan tanishtirildi. Favqulodda vaziyatlar xodimlari bolalarga yong‘in-qutqaruv texnikalarining vazifalari, ulardan qanday maqsadlarda foydalanilishi hamda yong‘in sodir bo‘lganda qutqaruvchilarning olib boradigan ishlari haqida sodda va tushunarli ma’lumotlar berdilar.
Tadbir davomida bolajonlarga gugurt va boshqa olov chiqaruvchi vositalar bilan o‘ynamaslik, elektr jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, xavfli vaziyat yuzaga kelganda esa darhol kattalarga xabar berish zarurligi tushuntirildi.






