Yoshlar bilan targʻibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda
2026-10-17 21:35:00 / Yangiliklar

Navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Andijon viloyati Xonobod shahrida, Qo‘rg‘ontepa va Buloqboshi tumanlardagi harbiy qismlarida o‘tkazildi. Unda muddatli va shartnoma asosida xizmat qilayotgan yoshlarga FVV Akademiyasiga o‘qishga kirish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘qish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Akademiya huzuridagi Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumi, FVV Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, Magistratura fakulteti, bakalavriat va 2+2 ta’lim yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berilib, o‘quvchilarning qiziqishlari yuzasidan savollariga javob qaytarildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi kasblarga yo‘naltirish, ularning mazkur yo‘nalishdagi ta’lim imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish hamda kelgusida malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.







