XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNI
2026-10-14 17:55:00 / Yangiliklar
Andijon davlat texnika institutining Mexanika va kimyo muhandisligi fakultetida Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan fakultet dekan o‘rinbosari boshchiligida soha mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida tabiiy ofatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda xavfsiz harakat qilish, fuqarolarning hayoti va salomatligini muhofaza etish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, talabalarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Unutmang: favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish va to‘g‘ri harakatlanish — inson hayotini asrashning muhim omilidir!




