YOSHLAR UCHUN MUHIM IMKONIYATLAR TAQDIM ETILDI
2026-10-08 19:30:00 / Yangiliklar

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Doniyorbek Sarimsaqov ochib berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Rekrutment bo‘limi boshlig‘i polkovnik Umidjon Yusubekovich Hamdamov hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi rahbari podpolkovnik Muhammadamin Usmonov ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qarori asosida Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi yangiliklar, Akademiyaga o‘qishga qabul jarayonlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga:
2+2 ta’lim shakli;
Qutqaruvchilik kasbiga tayyorlash texnikumi;
“Shahrisabz” Temurbeklar maktabi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
o‘qishga kirish tartibi va yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida “Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi” boshlig‘i Ibrohimjon Soliyev tomonidan talabalarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish hamda kundalik hayotda xavfsizlik choralariga e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasidagi bunday uchrashuvlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish va kelajakdagi faoliyati uchun muhim imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.








