Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik B.Egamnazarov tomonidan Andijon shahrining Mashrab ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat-profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
2026-09-19 17:00:00 / Yangiliklar
Tadbirlar davomida obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mavjud kamchiliklar o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tadbirkorlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.







