ANDIJONDA TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
2026-06-11 16:05:00 / Yangiliklar
Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi-xizmatchilar hamda bolalar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida yozgi mavsumda suv havzalarida xavfsiz harakatlanish, cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya etish, cho‘kish bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda tezkor xizmatlarni chaqirish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi.
Hayot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — har birimizning muhim vazifamizdir.






