ANDIJONDA HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDAGI SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
2026-06-06 15:45:00 / Yangiliklar

Musobaqada oromgohdagi guruhlar o‘zaro bellashib, jamoaviy hamjihatlik, kuch-g‘ayrat va chaqqonlik borasida o‘z imkoniyatlarini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordilar.
Bunday sport tadbirlari yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida bolalarga o‘zaro yordam, intizom va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.
Yoshlar – Vatan tayanchi, ularning sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi esa barchamizning ustuvor vazifamizdir.






