Andijonda “G‘alla–2026” mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
2026-05-06 17:50:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir davomida g‘alla o‘rish kombaynlari texnik holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Jumladan, texnikalarning yong‘in xavfsizligi talablari, yonilg‘i tizimlarining sozligi, elektr jihozlarining holati, o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlanganligi hamda mexanizatorlarning xavfsizlik qoidalariga rioya etishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan kombayn haydovchilari va mas’ul shaxslarga yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, texnikalardan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, dalalarda ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
“G‘alla–2026” mavsumini betalofat o‘tkazish, hosilni talafotsiz yig‘ib olish hamda yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.






