Xalqaro o‘quv dasturida davom etmoqda
2026-11-06 14:50:00 / Yangiliklar

Dastur doirasida u Koreya Respublikasining Milliy chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti (NIAS) faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida institut mutaxassisi Kim Changhan tomonidan Koreyada chorvachilik texnologiyalarini amaliyotga joriy etish tizimiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi.
Shuningdek, institutning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari, jumladan, chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash, ekologik xavfsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash, biologik xavfsizlik hamda raqamli monitoring texnologiyalari bilan yaqindan tanishildi.
Ochiq muloqot davomida Muzaffar Xaliqulov ekologik xavfsizlik, chiqindilarni qayta ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Mazkur xalqaro dastur doirasida o‘rganilayotgan ilg‘or tajribalar ekologik va texnogen xavfsizlik, xavf omillarini baholash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘nalishlaridagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.






