Spartakiadaga tayyorgarlik muhokama qilindi
2026-10-11 09:25:00 / Yangiliklar

Unda musobaqani tashkil etish tartibi, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar hamda oltita yo‘nalish — “Dron Racing”, “Dron Soccer”, “Kiberxavfsizlik (Hackathon)”, “Taktik to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish”, “Qo‘l jangi” va “Kibersport (Counter-Strike 2)” bo‘yicha tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ushbu musobaqada FVV Akademiyasi kursantlari ham faol ishtirok etishi, jamoalarni shakllantirish, ishtirokchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirish, musobaqa qoidalariga rioya etish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan murabbiylarga tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalar Spartakiadani tashkiliy jihatdan puxta o‘tkazish, kursantlarning sport mahorati, taktik tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini namoyon etishiga qaratildi.





