International Week 2026 xalqaro akademik haftaligi doirasida tadbirlar
2026-10-10 11:15:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida FVV Akademiyasi Umumkasbiy va umumilmiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Nilufar Mustafayeva Akademiya rahbariyati nomidan Parul universiteti prezidenti doktor Devanshu Patelga maxsus esdalik nishonini topshirdi.
Doktor Devanshu Patel Hindiston oliy ta’lim sohasida zamonaviy ta’lim, innovatsiyalar va xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan taniqli ta’lim rahbarlaridan biridir. Uning rahbarligidagi Parul universiteti xalqaro ta’lim dasturlari, ilmiy izlanishlar va zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan ajralib turadi.
Parul universiteti Hindistonning nufuzli ko‘p tarmoqli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, mamlakatning oliy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha NAAC A++ akkreditatsiya darajasiga ega. Universitetda ilmiy tadqiqotlar, texnologik innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Mazkur xalqaro tashrif FVV Akademiyasining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik muloqotini kengaytirish, xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.





