XALQARO HAMKORLIK AMALDA
2026-08-07 18:15:00 / Yangiliklar

FVV Akademiyasi hamda Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi va hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Akademiya, Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti hamda Malaka oshirish markazi professor-o‘qituvchilaridan tarkib topgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yuborilmoqda. Safar oldidan Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tinglovchilarga o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etish, zamonaviy ta’lim metodlari va ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish, xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, o‘quv-uslubiy materiallar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda orttirilgan bilim va tajribalarni Akademiyaning ta’lim va ilmiy faoliyatiga samarali joriy etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.





