OʻRGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
2026-08-03 10:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Akademiya rahbariyati tomonidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

Jumladan kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Xurshid Sotiyev, Toshkent shahar Uchtepa tumaniga FVV Akademiyasidan masʼul podpolkovnik Lazizbek Kamolov hamda tuman IIOFMBda xizmatni tashkil etish huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda Farhod dehqon bozori, Outlent savdo markazi, Beryozka tungi klubida xavfsizlikni taʼminlash jarayonlari oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida yashirin iqtisodiyotni aniqlash, aholi xonadonlarida, savdo majmualarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, shuningdek yongʻin xavfsizligini taʼminlash, jamoat xavfsizligini taminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha tushunchalar berildi.





