XALQARO TAJRIBA VA HAMKORLIK
2026-07-19 17:05:00 / Yangiliklar

Mazkur dars zamonaviy taʼlim usullari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar hamda fan va amaliyotni uyg‘unlashtirganligi bilan delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ochiq dars davomida o‘qituvchi litsey direktori A.Г.Дашкевич murakkab kimyoviy jarayonlarni sodda va tushunarli usulda yoritib, interaktiv metodlardan samarali foydalandi. Delegatsiya a'zolari darsning tashkil etilish darajasi, ta'lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni yuqori baholashdi. Ayniqsa, favqulodda vaziyatlar tizimi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashda tabiiy fanlarning, xususan kimyo fanining muhim o‘rni alohida ta'kidlandi. Kimyo bo‘yicha puxta bilim qutqaruvchilar va fuqaro muhofazasi xodimlariga xavfli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va ularga tezkor javob berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif davomida tomonlar ta'lim sohasidagi tajribalar almashinuvi, o‘quv jarayonini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildilar. Ochiq dars delegatsiya a'zolarida katta taassurot qoldirib, ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.


