ILMIY-TADQIQOT YOʻNALISHIDA XALQARO HAMKORLIK
2026-07-17 14:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-apreldagi “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–123-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universitetida tashkil etilgan xalqaro o‘quv kursida ishtirok etmoqda.

Akademiya Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, t.f.f.d. (PhD) kapitan Karimov Firdavs Karomatovich Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universitetining “Вестник Университета гражданской защиты МЧС Беларуси” ilmiy jurnalining bosh muharrir o‘rinbosarlari, fizika va matematika fanlari doktori, dotsent Platonov Aleksandr Sergeyevich bilan kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining dissertatsiya ishlari bo‘yicha olingan tahliliy natijalari yuzasidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni chop etish va boshqa ilmiy masalalar yuzasidan kelishib olindi.
