SINOV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-06-24 14:30:00 / Yangiliklar

Sinov darsida “Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Akademiyaning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur mashgʻulot texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O‘rinov Sherali Xayrullayevich tomonidan “AutoCAD dasturida ishlash” mavzusida olib borildi. Mashg‘ulot davomida AutoCAD dasturining imkoniyatlari, muhandislik chizmalarini yaratish va tahrirlashning zamonaviy usullari, loyihalash jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha yoritildi.
Mashgʻulot jarayonida nomzod Sherali Oʻrinov tomonidan mavzuning nazariy asoslari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham namoyish etilib, tinglovchilarga dasturiy ta’minotning muhandislik faoliyatidagi ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.





