AKADEMIYADA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2026-06-12 10:15:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Harbiy xizmatchilar va ularning huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi mas’ul xodimi, adliya podpolkovnigi Shuhrat Karimov, Akademiya rahbariyati, harbiy xizmatchilar hamda kursantlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida harbiy xizmatchilarning huquqiy maqomi, xizmat faoliyati davomida rioya etilishi lozim bo‘lgan talablar, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berilib, huquqiy bilimlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.






