HARBIY INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH — USTUVOR VAZIFA
2026-04-22 17:35:00 / Yangiliklar

Tadbirni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib berdi. U o‘z nutqida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va harbiy intizomni mustahkamlash masalalari nafaqat xizmat faoliyatining muhim yo‘nalishi, balki har bir harbiy xizmatchining kundalik mas’uliyati ekanini, intizom va qonuniylik — harbiy xizmat samaradorligining asosiy omili ekanini alohida taʼkidladi. Shundan so‘ng, Toshkent harbiy prokurori, adliya polkovnigi Odiljon O‘sarov so‘zga chiqib, harbiy xizmatchilar tomonidan qonunchilikka rioya etilishi, xizmat intizomini buzishga olib keluvchi omillar hamda ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. U harbiy intizomni mustahkamlash har bir rahbar va xizmatchining shaxsiy javobgarligi bilan chambarchas bog‘liq ekanini alohida ta’kidladi. Toshkent shahar IIB YHXB YPXB katta inspektori, katta leytenant Ilhomjon Abdurahimov o‘z chiqishida yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, xususan, tezlikni oshirish, e’tiborsizlik va yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik kabi omillarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida ayniqsa harbiy intizomni mustahkamlash masalasiga alohida urg‘u berilib, xizmat faoliyatida qat’iy tartib-intizomni ta’minlash, buyruq va ko‘rsatmalarga so‘zsiz amal qilish, shaxsiy javobgarlikni oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishlarda profilaktik ishlarni tizimli va izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi va mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.



