HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
2026-03-28 17:10:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz so‘zga chiqib, ushbu hujjat ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, u hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini qayd etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov esa mazkur memorandum favqulodda vaziyatlar sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish hamda ilmiy salohiyatni oshirishda muhim omil bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, taʼlim jarayonlari, master-klasslar, ilmiy-amaliy anjumanlar, innovatsion texnologiyalar asosidagi loyihalar, seminarlar tashkil etish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, tajriba almashishni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

