"Yong‘indan ogohlik" oyligi doirasida “Vodiy Mega Avto” bozorida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2025-10-08 08:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Vodiy Mega Avto” MChJ avtomashina bozorida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy aksiyasi doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida bozor hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish, hamda aholini ogohlikka chaqirish maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bozordagi to‘sib qo‘yilgan ichki yo‘llar yong‘in xavfsizligi texnikalari erkin harakatlanishi uchun ochildi, is gazidan zaharlanishning oldini olishga oid eslatma va varaqalar tarqatildi. Shuningdek, bozor hududidagi oshxonalarda foydalanilayotgan maishiy gaz ballonilar xavfsizlik talablariga muvofiq bozor hududidan olib chiqildi.
Mazkur ishlar orqali yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, tadbirkorlar va fuqarolarda ogohlikni kuchaytirish maqsad qilingan.







