Shohimardonda sayyor qabul o‘tkazildi
2025-10-05 12:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani, "Shohimardon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Akramov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarning pensiya ta’minoti, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarga oid murojaatlari tinglandi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Sayyor qabul jarayonida aholiga amaldagi qonunchilik talablari, pensiya va nafaqa tayinlash tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Fuqarolarning muammolarini manzilli o‘rganish va hal etishda mas’ul tashkilotlar hamkorligida ishlash muhimligi ta’kidlandi.




