Farg‘ona tumanida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2025-09-27 12:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimligi binosida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mutasaddilari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ziyodbek Yunusov so‘zga chiqib, korrupsiya faqat huquqbuzarlik emas, balki davlatning barqaror rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan jiddiy tahdid ekanini ta’kidladi.
Haqiqatdan ham korrupsiya davlat organlariga bo‘lgan ishonchni susaytiradi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi hamda jamiyatda adolat prinsiplari buzilishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning ijtimoiy faolligiga va kelajakka bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.






