Farg‘ona tumanida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi
2025-09-26 17:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tuman axborot-kutubxona markazida Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Axborot-kutubxona markazi xodimlari va yosh hunarmandlar ishtirokida “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yoshlar ongida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
Dastur davomida milliy liboslarning qadimiy ildizlari, ularning o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odatlari va an’analarini ifoda etishdagi o‘rni xususida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida milliy liboslarni nafaqat tarixiy-madaniy meros sifatida, balki zamonaviy hayotda ham dolzarb qadriyat sifatida qadrlash lozimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, yoshlar orasida milliy liboslarni keng targ‘ib etish, ularning o‘zligiga bo‘lgan hurmatini oshirish va milliy merosni asrab-avaylash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida qayd etildi.






