26-SENTABR — DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI ORGANLARI XODIMLARI KUNI!
2025-09-26 13:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Har qanday davr va zamonda davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va milliy manfaatlarini himoya qilishda maxsus xizmatlarning o‘rni beqiyos bo‘lib kelgan.
Xususan, sarhadlarimiz daxlsizligini qo‘riqlash, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining eng oliy va sharafli burchi hisoblanadi.
Bugungi murakkab geosiyosiy jarayonlar va tahlikali sharoitlarda O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi xavfsizligini mustahkamlash, xalqaro maydonda yurtimiz manfaatlarini himoya qilishda Davlat xavfsizlik xizmati organlari salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2021-yildan boshlab 26-sentabr kuni “Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni” etib belgilangan va yurtimizda munosib tarzda nishonlab kelinmoqda.
Ana shu qutlug‘ sana munosabati bilan Farg‘ona tumani hokimligi hamda keng jamoatchilik nomidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
Yurt tinchligi va milliy manfaatlarni himoya etishdek sharafli faoliyatlaringizda kuch-g‘ayrat, bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Doimo sog‘lik, farovonlik va oilaviy baxt sizlarga yor bo‘lsin!
Xamidullo Inomov
Fargʻona tumani hokimi
