Fargʻona tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
2025-09-25 10:05:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan muqaddas, unga xizmat qilish sharafli burch” shiori ostida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda 9229-harbiy qism hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuvga faxriy va fidoyi ustozlar, nafaqadagi harbiylar, shuningdek, tumandagi harbiy qism ofitserlari taklif etildi.
Tadbir davomida soha mutasaddilari o‘quvchilarga harbiylar hayoti, faxriy ustozlarning mashaqqatli mehnat faoliyati va Vatan oldidagi xizmatlari haqida so‘zlab berishdi.
Mazkur uchrashuv o‘quvchilarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, yurtga sadoqat va mas’uliyat hissini oshirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirib, yoshlarga hayotiy saboq va ruhiy ko‘tarinkilik ulashdi.







