Fargʻona tumanida “Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2025-09-25 08:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumanidagi “Satkak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida “Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bolalar xavfsizligini ta’minlash, ularni ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ota-onalarning mas’uliyati hamda farzandlar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati jarayonida ota-onalarga farzandlarning huquqlari, ularni himoya qilish bo‘yicha qonunchilikdagi asosiy me’yorlar, shuningdek, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va bunday vaziyatlarda murojaat qilinishi lozim bo‘lgan mutasaddi tashkilotlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Ushbu uchrashuv bolalarda xavfsiz va sog‘lom tarbiya muhitini yaratish, ota-onalarning huquqiy va psixologik savodxonligini oshirishga qaratildi.





